E'lonlar

💬Hurmatli Buxoro ahli!

white megaphone on colored background

💬Hurmatli Buxoro ahli!

📝Muammoni ko‘rdingizmi? Darhol bizga xabar bering!

✅Kommunal, obodonlashtirish, yo‘l yoki umuman infratuzilma muammolarini ko‘rsatib berish va bartaraf etish bo‘yicha Toshkentda 91 foizli natija ko‘rsatgan “Xalq nazorati” platformasi endi Buxoroda.

🚨Muammo xaqida xabar bermoqchimisiz? Buning uchun bor yo‘g‘i bir nechta tugmani bosish kifoya!

1-qadam: Xalq nazorati” ilovasini App Store, Google Play yoki ApGallery orqali yuklab oling;

2-qadam: Ro‘yxatdan o‘ting: telefon raqamingiz va pasport ma’lumotlaringizni kiriting;

3-qadam: Mavzuni tanlang, joylashuv bilan qisqacha tavsif bering va “Murojaatni yuborish” tugmasini bosing!

✔️Tayyor bo‘ldi!

⬆️Tizim murojaatingizni tegishli ijrochiga o‘zi yetkazadi.

✅Javob olganingizda esa uni tasdiqlashingiz yoki “Yo‘q, muammo hal etilmadi” deyishingiz mumkin!

📶Jim o‘tirmang. “Xalq nazorati”ga yozing – shahrimiz yoki tumanimizni birgalikda yaxshilaymiz!