Buxoro davlat tibbiyot institutida tibbiyot OTMlari rektorlarining rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
05.09.2025 2025-09-06 9:40Buxoro davlat tibbiyot institutida tibbiyot OTMlari rektorlarining rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat tibbiyot institutida tibbiyot OTMlari rektorlarining rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining kichik majlislar zalida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlarining navbatdagi rayosat yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tibbiyot ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim jarayonlarida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarining amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda kadrlar tayyorlashning zamonaviy yo‘nalishlari kabi bir qator dolzarb masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, klinik bazalarda ta’lim sifatini yuksaltirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va sohaga innovatsiyalarni tatbiq etish masalalari ham kun tartibidan o‘rin oldi.
Rayosat yig‘ilishini kengash raisi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizaev olib bordi. U o‘z nutqida tibbiyot ta’lim muassasalari rahbarlari oldida turgan ustuvor vazifalar, jumladan, kadrlar tayyorlashda xalqaro standartlardan kelib chiqib ish yuritish zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma dasturlar ishlab chiqish va o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.