BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat universitetining 95 yillik tantanali yubileyi nishonlandi

Buxoro davlat universitetining 95 yillik tantanali yubileyi nishonlandi1

Buxoro davlat universitetining 95 yillik tantanali yubileyi nishonlandi

Buxoro davlat universitetida xalqimiz ma’naviy hayotida muhim voqea – oliygohning 95 yillik yubileyi keng nishonlandi. Tadbirda nafaqat viloyatimiz, balki respublikaning turli hududlaridan taniqli olimlar, nufuzli professor-o‘qituvchilar, davlat va jamoat arboblari ishtirok etishdi.

Marosimda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev ham qatnashib, Buxoro davlat universiteti jamoasini samimiy muborakbod etdi. U o‘z tabrigida institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining ezgu tilaklarini yetkazib, universitet ilm-fan, ta’lim hamda ma’naviyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida e’tirof etdi.

Tadbir doirasida o‘z ilmiy izlanishlari, ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘shayotgan beqiyos hissasi hamda jamiyat taraqqiyotiga fidokorona xizmatlari bilan ajralib turgan olimlar, pedagoglar, professor-o‘qituvchilar va jamoat arboblari “Buxoro davlat universitetining 95 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Qayd etish joizki, universitet va tibbiyot institutlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish va do‘stona aloqalar xalqimiz manfaatlari yo‘lida yangi marralarni zabt etishga xizmat qilmoqda. Shu munosabat bilan Shuhrat Teshayev ham ushbu faxriy nishon bilan taqdirlandi.

Mazkur yubiley nafaqat universitet tarixida, balki butun Buxoro ilm-fan hayotida unutilmas voqea sifatida muhrlanib qoldi.