BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

Bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga 2025/2026-o‘quv yilida qabul qilingan talaba-yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. 🎓

Yoshlar markazi4

Bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga 2025/2026-o‘quv yilida qabul qilingan talaba-yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. 🎓

✅ Tadbirda institut rektori yangi o‘quv yilidagi ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy va amaliy imkoniyatlar, turar joy hamda talabalar hayotiga oid masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, talabalarning ota-onalari ham Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

💬 Muloqot davomida talabalarga o‘qish jarayonidan samarali foydalanish, ilmiy izlanishlar va xorijiy hamkorlik dasturlarida faol bo‘lish borasida muhim tavsiyalar berildi.

👉 Tadbir samimiy ruhda o‘tib, ota-onalar va talabalar uchun ochiq muloqot maydoniga aylandi.

📌Kecha Yoshlar markazida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga 2025/2026-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

✅Tadbirda Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari talaba yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktik ishlarni olib borish, yot g’oyalar ta’siriga tushib qolmaslik kabi muhim masalalar yuzasidan ma’lumotlar berishdi.

➡️Rektor yangi o‘quv yilidagi ta’lim jarayoni, yaratilgan sharoitlar, ilmiy-amaliy imkoniyatlar va talabalarning hayoti haqida ma’lumot berdi.

⭐️Shuningdek, respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan o‘qituvchi Ibodjon Ismoilov taqdirlanib, yoshlar uchun ibrat sifatida taqdim etildi.

🌐Ayni paytda Buxoro shahridagi Yoshlar markazi faollar zalida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari bilan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari talaba yoshlar bilan jinoyatchilikka qarshii kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish masalalari bo’yicha muloqot qilmoqda.

⚡Unda kibermakondagi turli virtual firibgarliklarni oldini olish, yot g’oyalarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilinmoqda.

✅Shuningdek, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari S.Amrullayev yoshlar o’rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan mulohazalarini bildirib o’tmoqda.

☑️Ta’kidlash joizki, ayni paytda mazkur toifadagi jinoyatlarga da’vat etish holatlari ijtimoiy tarmoqlarda ham ancha “rivojlangani” kishini tashvishga soladi.