BuxDTI matbuot xizmati

“Besh tashabbus olimpiadasi” 2025 yilgi mavsumiga start berildi

Besh tashabbus olimpiadasi1

“Besh tashabbus olimpiadasi” 2025 yilgi mavsumiga start berildi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchilar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalarining 2025 yilgi mavsumi Respublikadagi barcha viloyatlarda birdek start oldi.

Tadbirda bir guruh talaba yoshlar turli darajadagi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

Ochilish marosimida qator mas’ul shaxslar ishtirok etdi: O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Ikromov Adham Ilhomovich, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Hatamovich.

Shuningdek, Buxoro studiyasidan viloyat sport boshqarmasi mas’ullari, oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda boshqa mas’ullar ishtirok etishdi.