BuxDTI matbuot xizmati Korrupsiyaga qarshi kurash

🔹 BuxDTIda talabalar bilan “Korrupsiyaga qarshi kurash – har bir yoshning burchi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Korrupsiyaga qarshi kurash2

🔹 BuxDTIda talabalar bilan “Korrupsiyaga qarshi kurash – har bir yoshning burchi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyati Yoshlar markazida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 1-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash – har bir talaba-yoshning burchi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda institutning Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.B. Fayziev hamda fakultet dekanlari qatnashib, talabalar bilan korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oqibatlari va oldini olish choralariga oid batafsil tushuntirish berdilar.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2025 yilda bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, firibgarlik, tamagirlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olishda har bir talaba shaxsan mas’ul ekani ta’kidlandi.

👉 Bunday ma’rifiy suhbatlar yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish, ularda halollik, poklik va adolat kabi insoniy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.