E'lonlar

🎓 Akademik o‘zlashtirish, ijtimoiy faollik va maxsus komissiyalar faoliyati natijalari

Объявления

🎓 Akademik o‘zlashtirish, ijtimoiy faollik va maxsus komissiyalar faoliyati natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘ining j) bandiga asosan:

Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya, Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya va Maxsus komissiya tomonidan olib borilgan ishlar yakunida talabgorlarning aniqlangan ko‘rsatkichlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinmoqda.

Mazkur natijalar talabalarning o‘qishdagi yutuqlari, ijtimoiy faolligi, shuningdek qo‘shimcha davlat yoki oliy ta’lim tashkiloti grantlariga da’vogar sifatidagi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu ma’lumotlar ta’lim grantlarini qayta taqsimlash jarayonida shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash maqsadida e’lon qilinmoqda.

Natijalar bilan tanishing:

Bakalavr ta’lim bosqichi natijalari.pdf

Magistratura ta’lim bosqichi natijalari.pdf

🕒 Apellyatsiya tartibi:

Natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida talabalarga onlayn apellyatsiya topshirish imkoniyati yaratilgan. Apellyatsiya arizalari institut rasmiy veb-sayti “murojaat.bsmi.uz” orqali qabul qilinadi.

💼 Mas’ul bo‘lim:

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi
📞 +998 (91) 449-80-80 , Bo’lim boshlig’i M.M.Yuldasheva
📧 info@bsmi.uz
🌐 www.bsmi.uz