Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti doktorantura va tayanch doktoranturaga 2026 yil uchun ajratilgan qabul kvotalariga o`rinlarni e`lon qiladi.
11.10.2025 2025-10-14 10:03Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti doktorantura va tayanch doktoranturaga 2026 yil uchun ajratilgan qabul kvotalariga o`rinlarni e`lon qiladi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti doktorantura va tayanch doktoranturaga 2026 yil uchun ajratilgan qabul kvotalariga o`rinlarni e`lon qiladi.
🟢 Tayanch doktoranturaga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma
- Magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik, yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi
- Ish joyidan tavsifnoma
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi yoki boshqa nomli stipendiyalar sohiblari uchun tegishli hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa)
- Milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro (kamida B1 darajadagi) sertifikatning asl nusxasi
- 1 ta maqola va 2 ta tezis
- Asos: 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Qarori va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-iyundagi 211-sonli buyrug‘i
🟣 Doktoranturaga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganlik to‘g‘risidagi diplom nusxasi
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi
- 3 ta maqola va 2 ta tezis, hamda ularning nusxalari
- Ish joyidan tavsifnoma
- Milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro (kamida B1 darajadagi) sertifikatning asl nusxasi
- Asos: 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Qarori va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-iyundagi 211-sonli buyrug‘i
📅 Hujjatlar 2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
📥 Hujjatlar quyidagi portal orqali topshiriladi:
👉 https://daraja.ilmiy.uz
📍 Manzil: Buxoro shahar, G‘ijduvon ko‘chasi, 1-uy
📞 Telefon: +998 99 700 77 67