BuxDTI matbuot xizmati

🩺 “Qozog‘iston tibbiyot kunlari” doirasida BuxDTIda master-klasslar o‘tkazildi

Qozog‘iston tibbiyot kunlari1

🩺 “Qozog‘iston tibbiyot kunlari” doirasida BuxDTIda master-klasslar o‘tkazildi

15–17 oktabr kunlari “Qozog‘iston tibbiyot kunlari” doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasida Qozog‘iston Respublikasining “Akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy markazi” mutaxassislari ishtirokida master-klass va tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tibbiyot fanlari nomzodi, genetik shifokor Damilya Salimbaeva, akusher-ginekolog, tibbiyot fanlari magistri Shirinkul Nasyrova hamda anesteziolog-reanimatolog Yevgeniy Voronin ishtirok etib, kafedra professor-o‘qituvchilari, shifokorlar va magistrantlar uchun zamonaviy tibbiy yondashuvlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.

Master-klasslar davomida homiladorlikning odatiy tugallanmasligini davolash, akusherlikda tibbiy xizmat sifati ekspertizasi hamda akusherlik sepsisida dezintoksikatsiyaning zamonaviy usullari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Tashrif yakunida Qozog‘iston “Akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy markazi” hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Uni institut nomidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Laziz Niyazov imzoladi.