BuxDTI talabalari Rossiyadagi nufuzli forumda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi
19.10.2025 2025-10-22 16:13BuxDTI talabalari Rossiyadagi nufuzli forumda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi
BuxDTI talabalari Rossiyadagi nufuzli forumda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi
Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Kaliningrad shahrida joylashgan Boltiq federal universitetida o‘tkazilgan talabalar forumida faol ishtirok etib, faxrli 2- va 3-o‘rinlarni egallashdi.

Forumda turli mamlakatlardan kelgan yoshlar ilm-fan, innovatsiya va ijtimoiy loyihalar yo‘nalishlarida o‘z g‘oya va ishlanmalarini namoyish etishdi. BuxDTI talabalari tomonidan tayyorlangan loyihalar yuqori baholanib, xalqaro miqyosda institut nufuzini yanada oshirishga hissa qo‘shdi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor talabalar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
