BuxDTI matbuot xizmati

Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutiga Shveysariyaning Medical Network Switzerland Ltd. kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

Medical Network Switzerland1

Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutiga Shveysariyaning Medical Network Switzerland Ltd. kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

Mehmonlar qatorida kompaniya asoschisi Irina Vedzizhev, PhD Dr. Olga Stepanicheva hamda Elena Malt ishtirok etdilar. Ularni institutning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Laziz Niyazov kutib oldi.

Uchrashuv davomida tomonlar tibbiyot sohasida xalqaro ilmiy-amaliy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, Medical Network Switzerland Ltd. — 2018-yil oxirida Shveysariyaning Zug kantonida Irina Vedzizhev tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro tibbiyot tarmog‘i kompaniyasi bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasida innovatsion yechimlarni ilgari surish va Yevropa hamda Osiyo mamlakatlaridagi klinikalar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan.