Korrupsiyaga qarshi kurash

Biz – Yangi O‘zbekiston avlodimiz! Korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Yangi O‘zbekiston avlodimiz1

Biz – Yangi O‘zbekiston avlodimiz! Korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Buxoro davlat tibbiyot institutining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i H.B. Fayziyev, bo‘lim bosh mutaxassisi O.A. Rajabov hamda t’yutor G.S. Fayzullayevalar tomonidan Tibbiyot fakulteti Pediatriya yo‘nalishi 1-bosqich 136-guruh talabalari ishtirokida “Biz – Yangi O‘zbekiston avlodimiz! Korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, halollik va poklikning insoniy fazilat sifatida ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olishda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning faolligi muhim ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvda talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi, savol-javoblar o‘tkazildi va korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirishga oid tavsiyalar berildi.

👉 Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar ongida halollik, vatanparvarlik va mas’uliyat tuyg‘ularini kuchaytirish, ularni korrupsiyasiz jamiyat qurilishiga faol hissa qo‘shishga chorlashdan iboratdir.