Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari Malayziyada malaka oshirishda
28.10.2025 2025-10-29 15:42Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari Malayziyada malaka oshirishda
Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbek tili va adabiyoti, rus va ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari joriy yilning 21–28-oktabr kunlari Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — QS xalqaro reytingida 509-o‘rinni egallagan INTI Universityda bo‘lishdi.



Tashrif davomida ular bir haftalik workshop va malaka oshirish dasturlarida faol ishtirok etib, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishga qaratilgan mashg‘ulotlarda qatnashdilar.


Mazkur tashrif Buxoro davlat tibbiyot instituti va INTI University o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma loyihalar, tajriba almashinuvi va xalqaro akademik dasturlarni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


Shuningdek, kelgusida institut talabalari uchun 6 oylik akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

