E'lonlar

“DIGITAL MIND FEST: SUN’IY INTELLEKT VA KELAJAKNING INTELLEKTUAL G‘OYALARI”

Digital mind FEST

“DIGITAL MIND FEST: SUN’IY INTELLEKT VA KELAJAKNING INTELLEKTUAL G‘OYALARI”

👩‍🎓 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlovda bakalavriat, ordinatura va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

🤖 Tanlov yo‘nalishi:

Loyiha sun’iy intellekt (AI) yo‘nalishiga oid bo‘lishi shart.
Har bir ishtirokchi yoki jamoa faqat bitta loyiha bilan qatnashadi.

🏆 Mukofotlar va imkoniyatlar:

  • Tanlov yakunida g‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

🥇 1-o‘rin — 10 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 8 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 5 000 000 so‘m

Bundan tashqari, g‘oliblarga katta ilmiy imkoniyatlar yaratiladi:

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
    Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan “SI: GʻOYADAN – AMALIYOTGA” amaliy tadqiqotlar tanloviga hujjat topshirishda amaliy yordam ko‘rsatiladi. 📊 Mazkur tanlov doirasida loyihalar quyidagi grant dasturlariga tavsiya etiladi:
  • 1 yillik — 1 mlrd 236 mln so‘m
  • 2 yillik — 2 mlrd 60 mln so‘m
  • 3 yillik — 3 mlrd 90 mln so‘m

🗓️ Arizalar qabul qilinadigan muddat:

📅 2025-yil 1-noyabrdan 15-noyabrgacha

📍 Eslatma:

  • Tanlovda qatnashish bepul.
  • Loyiha innovatsion, ijtimoiy ahamiyatga ega va sun’iy intellekt yechimlariga asoslangan bo‘lishi kerak.
  • Ishtirokchilar individual yoki jamoaviy shaklda qatnashishlari mumkin.

📩 Ariza topshirish tartibi:

👉 Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞Telegram kanali:
https://t.me/+HRDbNgtK6oRiODUy
📧 Email:
naimova-90@mail.ru

🌟 Kreativ bo‘ling, kelajakni yarating!

“DIGITAL MIND FEST” — bu faqat tanlov emas, sun’iy intellekt orqali yangi g‘oyalar platformasi!