“KELAJAKKA QADAM” dasturi amalda
04.11.2025 2025-11-04 16:34“KELAJAKKA QADAM” dasturi amalda






Joriy yilning 9-oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston milliy banki AJ Buxoro viloyati bosh boshqarmasi hamkorligida 2025–2026-o‘quv yilida bitiruvchi bosqich talabalari uchun “KELAJAKKA QADAM” mavzusida ochiq seminar o‘tkazildi.
Tadbirda institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Teshayev, O‘zbekiston milliy banki AJ Buxoro viloyati bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari, shuningdek, bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Seminarda Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori mazmun-mohiyati, yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “KELAJAKKA QADAM” dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Rektor Shuhrat Teshayev o‘z so‘zida mazkur dastur bitiruvchi yoshlar uchun katta imkoniyat ekanligini ta’kidladi. U dastur orqali talabalarning mehnat bozoriga tayyorlanishi, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashi hamda ishga joylashish jarayonlari yanada samarali kechishini qayd etdi.
📘 Tadbir yakunida talabalarga dasturda ishtirok etish tartibi va zaruriy hujjatlar haqida tushuntirishlar berildi.