BuxDTI matbuot xizmati

Shifokorlik qasamyodi – sharafli va mas’uliyatli lahza

Shifokorlik qasamyodi – sharafli va mas’uliyatli lahza1

Shifokorlik qasamyodi – sharafli va mas’uliyatli lahza

Ayni damda Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro talabalar tomonidan shifokorlik qasamyodini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tantanali tadbir kelajak shifokorlarining tibbiyot kasbiga sadoqati, inson salomatligi va hayotiga bo‘lgan yuksak mas’uliyatini yaqqol ifodaladi. Turli mamlakatlardan kelgan talabalar ushbu tarixiy onlarda yagona ezgu maqsad — insonlarga sidqidildan xizmat qilish yo‘lida birlashib, shifokorlik burchiga sodiq bo‘lishga tantanali ravishda qasamyod qildilar.

Joriy o‘quv yilida institutning birinchi kursida tahsil olayotgan va qasamyod qabul qilgan xalqaro talabalar tarkibi nihoyatda keng bo‘lib, ular orasida 1000 nafarga yaqin Hindiston, 60 nafarga yaqin Iordaniya, 50 nafar Misr, 10 nafar Pokiston, shuningdek Xitoydan 1 nafar, Turkiyadan 3 nafar, Turkmanistondan 6 nafar, Tojikistondan 2 nafar, AQShdan 1 nafar, Angliyadan 1 nafar, Ozarbayjondan 2 nafar hamda Erondan 1 nafar talaba bor. Bu ko‘rsatkichlar institutning xalqaro miqyosdagi nufuzi va jozibadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Marosimda ishtirok etgan institut rektori Shuhrat Teshayev qasamyod qabul qilgan barcha talabalarni samimiy muborakbod etib, ularni kasbiy faoliyatda fidoyilik, halollik va bemorlarga mehr bilan xizmat qilishga da’vat etdi. Shuningdek, u yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, kelgusida xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlik doirasi yanada kengayishini ta’kidladi. Tadbir Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro geografiyasi izchil kengayib borayotgani, turli mamlakatlardan kelgan yoshlar uchun ishonchli va nufuzli ta’lim maskaniga aylanib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.