Institutda seminar-treninglar izchil davom etmoqda
09.01.2026 2026-01-10 14:47Institutda seminar-treninglar izchil davom etmoqda
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar ishtirokida seminar-treninglar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.



Bugungi navbatdagi tadbirda Prezidentimizning Parlamentga va xalqimizga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, xotin-qizlar bilan ishlash masalalari, shuningdek ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Seminar davomida ishtirokchilarga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuni, ijro intizomini mustahkamlashning amaliy jihatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati atroflicha tushuntirildi.


Bu kabi muhim mavzulardagi o‘quv seminarlari professor-o‘qituvchilarning kasbiy mas’uliyatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonida tizimli yondashuvni kuchaytirish hamda institut faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

