Buxoro davlat tibbiyot institutida nufuzli tibbiy tadbir start oldi
23.01.2026 2026-01-26 10:13Buxoro davlat tibbiyot institutida nufuzli tibbiy tadbir start oldi
📣 “Salomatlik marafoni” doirasida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga qaratilgan bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.



➡️ 23-yanvar kuni soat 09:00 dan Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida institutning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan fuqarolar chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.



➡️ Ko‘riklar davomida aniq tashxis qo‘yilib, zarur hollarda klinikada davolanish imkoniyati ham yaratilmoqda. Tibbiy ko‘riklarda okulist, terapevt, kardiolog, travmatolog, xirurg va boshqa yetakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda.



➡️ Ayni paytda tadbirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda institut rektori Shuhrat Teshaev, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiev hamda boshqa rasmiylar ishtirok etmoqda.



➡️ Ushbu tashabbus har bir fuqaroga o‘z salomatligini bepul tekshirish, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va sog‘lom hayot sari ishonchli qadam qo‘yish imkonini beradi.






