BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Sport tadbirlari Talabalar hayoti

Talabalar ligasi doirasida voleybol musobaqalarining navbatdagi bosqichi yakunlandi

Talabalar ligasi1

Talabalar ligasi doirasida voleybol musobaqalarining navbatdagi bosqichi yakunlandi

💡Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarida voleybol bahslari yuqori saviyada va murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda. Musobaqalarda institutning barcha fakultetlaridan tashkil topgan talaba qizlar jamoalari faol ishtirok etishmoqda.

➡️Biotibbiyot fakulteti talaba qizlaridan tuzilgan “Biotibbiyot” jamoasi musobaqada munosib ishtirok etib, Turkiya tibbiyot fakultetining Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi talaba qizlaridan iborat “Turkiya–1” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va keskin o‘tgan uchrashuv yakunida hisob 2:1 ko‘rinishida “Turkiya–1” jamoasi foydasiga hal bo‘ldi va ular keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

➡️Shu bilan birga, Davolash yo‘nalishi talabalari qizlaridan tashkil topgan “Chaqqonlar” jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

👫Mazkur bellashuvlar talaba yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Musobaqaning keyingi bosqichlarida yanada qizg‘in va murosasiz uchrashuvlar kutilmoqda.