BuxDTI matbuot xizmati

Institutida murabbiy va tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Institutida murabbiy va tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi1

Institutida murabbiy va tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev institutda faoliyat yuritayotgan murabbiy va tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yanada kuchaytirish, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolish holatlarining oldini olish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda murabbiy va tyutorlarning mas’uliyatini oshirish, ularning tarbiyaviy faolligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbirda rektor maslahatchisi M. Mahmudov hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova so‘zga chiqib, talabalar bilan tizimli ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ta’lim-tarbiya jarayonida hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr va takliflarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.