“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati, akkreditatsiya va reyting masalalari” mavzusida amaliy uchrashuv
07.02.2026 2026-02-09 10:30“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati, akkreditatsiya va reyting masalalari” mavzusida amaliy uchrashuv
“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati, akkreditatsiya va reyting masalalari” mavzusida amaliy uchrashuv
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda ularning milliy reytingini tuzish jarayonlariga bagʻishlangan amaliy uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuvda oliygohlarning milliy reytingi qanday mezon va indikatorlar asosida shakllantirilishi va hozirda talaba va professor-oʻqituvchilar orasida oʻtkazilayotgan “Umummilliy soʻrovnoma” natijalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda davlat akkreditatsiyasi talablari boʻyicha yigʻilganlar bilan fikr almashilib, agentlik mutaxassislari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot davom ettirildi.
