BuxDTI matbuot xizmati

BuxDTIda nufuzli “Hult Prize” xalqaro startap tanlovining universitet bosqichi muvaffaqiyatli tarzda tashkil etildi.

Hult Prize xalqaro startap1

BuxDTIda nufuzli “Hult Prize” xalqaro startap tanlovining universitet bosqichi muvaffaqiyatli tarzda tashkil etildi.

Mazkur tanlov talabalarning raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, innovatsion g‘oyalar va tibbiyot sohasida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tanlovda talaba va magistrantlar o‘z loyihalari bilan qatnashib, sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish, diagnostika, klinik qarorlarni qo‘llab-quvvatlash, axborot almashinuvi va boshqa yo‘nalishlarda ilg‘or echimlarni taqdim etdilar.

Tanlov natijalari quyidagicha bo‘ldi:
🥇 1-o‘rin sohiblari:

Ilyas Muhammad — 3D-GENMED-21
“MEDIVANCE: AI clinical copilot for all specialties” — barcha yo‘nalishlardagi shifokorlarga klinik ko‘mak beruvchi sun’iy intellekt tizimi.

Ruksana — 2-2(f)GENMED-22
“AURA: AI urgent responder assistant” — shoshilinch holatlarda tezkor yechim taklif qiluvchi AI yordamchisi.

🥈 2-o‘rin g‘oliblari:

Mohd Amanat — 5 GENMED-24
“Unified Health Information System (UHIS)” — yagona tibbiy axborot tizimi konsepsiyasi.

Qurbonov Nodir — 29D23
“RIC (Research, Innovation and Commercialization)” — ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni tijoratlashtirish platformasi.

Goutham Siva — 2GENMED-22
“FLUENCYFI — breaking language barriers” — tilda to‘siqlarni bartaraf etuvchi AI vositasi.

🥉 3-o‘rin egalari:

Homidov Kamoliddin — 15D-24
“UZ-MED SI”

Doniyorov Diyorbek — 13D-24
“AGROMONITORING”

Xasanov Lazizbek Uktamovich — 3-kurs magistr
“DARDLASHAI”

Ergashev Shahzod Zokhirjon o‘g‘li — 5P-24
“NAVERA – yordamchi AI”

Xamraev Timur Shuxratovich — 7P-21
“GENERAL PRACTITIONER AI”

Tadbir davomida qatnashchilar sun’iy intellektning tibbiyot sohasida qo‘llanilishiga oid innovatsion g‘oyalarni namoyish etdilar. G‘olib va sovrindorlar Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 3D-GENMED-21 “MEDIVANCE: AI clinical copilot for all specialties” — barcha yo‘nalishlardagi shifokorlarga klinik ko‘mak beruvchi sun’iy intellekt tizimi.

“AURA: AI urgent responder assistant” — shoshilinch holatlarda tezkor yechim taklif qiluvchi AI yordamchisi.

“Unified Health Information System (UHIS)” — yagona tibbiy axborot tizimi konsepsiyasi

“RIC (Research, Innovation and Commercialization)” — ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni tijoratlashtirish platformasi.

Mazkur loyihalar fevral–mart oylarida bo‘lib o‘tadigan Hult Prize tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu — xalqaro miqyosga chiqish sari muhim qadam!