Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
13.02.2026 2026-02-13 16:47Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
2026-yil 24-fevral kuni Buxoro davlat universitetida “Buxoro yahudiylari: mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🎯 Anjuman maqsadi:
Buxoro yahudiylarining Markaziy Osiyo, xususan Buxoro vohasining:
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti,
savdo-hunarmandchilik munosabatlari,
madaniy-ma’naviy hayoti,
millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik an’analari
shakllanishidagi o‘rni va ahamiyatini tarixiy manbalar hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida chuqur o‘rganish, tahlil qilish va xalqaro ilmiy hamjamiyatga yetkazish.