Tadbir haqida
AXBOROT XATI
«AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYADA INNOVATSION YONDASHUVLAR HAMDA MULTIDISIPLINAR INTEGRATSIYA»
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ma’muriyati 2026-yil 21–22-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan “Akusherlik va ginekologiyada innovatsion yondashuvlar hamda multidisiplinar integratsiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.
Ishtirok etish shakllari:
- Maqolalar chop etish
- Maqolalar chop etish va og‘zaki ma’ruza (onlayn va oflayn formatda)
- Poster ma’ruza
Konferensiya tillari: o‘zbek, rus, ingliz.
Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi (plenar) va seksion majlislar shaklida o‘tkaziladi:
- Akusherlik va ginekologiya
- Ichki kasalliklar
- Xirurgiya
- Oila tibbiyoti
- Jamoat salomatligi
Seksiyalarning ilmiy yo‘nalishlari:
- Akusherlikda ekstremal holatlar.
- Ginekologik kasalliklar – diagnostika va davolashda yangi texnologiyalar.
- Reproduktiv tibbiyotning yangi istiqbollari.
- Perinatologiya – muammolar va istiqbollar.
Ishtirok etish shartlari va tartibi:
- Konferensiya dasturi ishtirokchilarning arizalari asosida shakllantiriladi va e’lon qilinadi.
- “Tibbiyotda yangi kun” – “Noviy den v meditsine” – “New Day in Medicine” (NDM) jurnalining maxsus sonida maqolalarni chop etish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu jurnal O‘zbekiston Respublikasi VAK ro‘yxatiga kiritilgan.
- Konferensiya doirasida yosh olimlar o‘rtasida “Eng yaxshi poster ma’ruza” tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Har bir ma’ruzachiga o‘z ma’ruzasini qisqacha og‘zaki taqdim etish uchun 3–5 daqiqa, savol-javoblar uchun esa 2 daqiqa vaqt beriladi.
Ma’ruzachilar faqat elektron poster tayyorlashlari lozim.
Elektron plakatni tayyorlash bo‘yicha texnik topshiriq
Elektron plakat PDF formatida, albom yo‘nalishida taqdim etilishi lozim.
Faylning tili: plakat o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlanishi kerak.
Fayl formati: PDF yoki PPT — 1 sahifa.
Yo‘nalish: 1-variant: PowerPoint dasturida 16×9 formatdagi albom yo‘nalishida hujjat yarating va uni PDF fayl sifatida saqlang. 2-variant: Hujjatlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan standart dasturda yoki PowerPoint’da albom yo‘nalishida plakat yarating va uni PDF formatida saqlang.
Shrift turlari: Times New Roman.
Shrift o‘lchami: 11 punkt yoki undan katta. Giperhavolalar, harakatlanuvchi tasvirlar, animatsiya va videolardan foydalanish taqiqlanadi, chunki ular noto‘g‘ri ishlashi mumkin.QR-kodlar kiritilishi mumkin, biroq ular reklama materiallariga olib bormasligi lozim.
Rasmlar va jadvallar: kamida 200 dpi — tasvir sifati yuqori bo‘lishi muhim. Rasmlar, fotosuratlar, jadvallar va boshqalarni joylashtirishda oddiy nusxa ko‘chirish usulidan foydalaning, audio yoki video fayllarni joylashtirmang. Obyektlar va qatlamlarning bir-birining ustiga tushishidan saqlaning — faqat yakuniy holat ko‘rinadi. PDF faylni saqlashda uning nomida belgilar yoki maxsus ramzlar (masalan, + / @/ü) ishlatmang.
Yuqori va quyi kolontitullardan foydalanmang.
Fayl hajmi: 5 MB dan oshmasligi kerak.
Tuzilishi
Konferensiya nomi:
O‘tkazilish sanasi va joyi: 2026-yil 21–22-fevral, Buxoro shahri
MA’RUZA NOMI
Ma’ruzachi va hammualliflarning F.I.O., ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi.
Tezis matni:
Kirish
Maqsad
Tadqiqot materiali va usullari
Tadqiqot natijalari
Muhokama
Xulosalar
Jurnalning elektron versiyasi PDF formatida Buxoro davlat tibbiyot instituti rasmiy veb-sayti — www.bsmi.uz da erkin foydalanish uchun e’lon qilinadi.
Ishtirokchilarga 12 soatlik sertifikatlar topshiriladi.
Konferensiyada ishtirok etish tartibi
Konferensiyada ishtirok etish uchun tashkiliy qo‘mitaga elektron pochta orqali ariza va tanlov uchun materiallar taqdim etilishi lozim: farhod.ahmedov.77@mail.ru , zaripovadilnoza89@gmail.com/
Aloqa telefonlari: (+998 90 511 96 48), (+998 91 442 21 13) Har bir yuborilgan xatda ariza fayli va tezis fayli bo‘lishi shart. Fayl nomi birinchi muallif familiyasi va ismining bosh harflari hamda maqola raqami bilan nomlanadi. Agar bir nechta ish yuborilsa, quyidagicha belgilanadi: Kadirova M.B.1 yoki Lunin V.S.1.
Og‘zaki ma’ruza bilan ishtirok etish uchun arizalar (onlayn yoki oflayn formatda) 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.
Maqolalar 2026-yil 5-yanvargacha taqdim etilishi lozim.
Bitta muallif 3 tadan ortiq ilmiy ish taqdim eta olmaydi.
Belgilangan muddatdan kech topshirilgan yoki talablarga mos rasmiylashtirilmagan ishlar tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Materiallarni rasmiylashtirish talablari
Maqola tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
sarlavha, mualliflarning F.I.O., tashkilot nomi, dolzarblik, maqsad, tadqiqot materiallari va usullari, natijalar va muhokama, xulosa yoki xulosalar.Maqola hajmi 5–8 bet bosma matn, A4 formatda (kitob yo‘nalishi), Microsoft Word formatidagi fayl ko‘rinishida taqdim etiladi.
Shrift — Times New Roman, o‘lchami 14 pt, bir qatorli interval, sahifa chetlari har tomondan 2 sm.
UDK
1-abzats — maqola nomi BOSMA HARFLARDA, qalin shrift bilan;
2-abzats — muallif va hammualliflarning familiyasi va ismining bosh harflari (kursiv);
3-abzats — muassasa nomi, mamlakat;
4-abzats — bo‘sh qator;
5-abzats — ingliz va rus tillaridarezume, O‘zbekiston mualliflari uchun o‘zbek tilida ham (12 pt, kursiv, 120 so‘zdan oshmasligi kerak);
6-abzats — kalit so‘zlar (12 pt, har bir rezumedan so‘ng, kursiv);
7-abzats va keyingi abzatslar — maqola matni “Dolzarblik” bo‘limidan boshlanadi, so‘zlar bo‘g‘inlarga ko‘chirilmaydi, so‘zlar orasida bitta bo‘shliq qoldiriladi;
Oxiridan oldingi abzats — Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (14 ta manbadan oshmasligi kerak);
So‘nggi abzats — Mualliflar haqida ma’lumot.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida tuziladi: avval mahalliy mualliflar, so‘ng xorijiy mualliflar asl transkripsiyada keltiriladi. Har bir manbada barcha mualliflar ko‘rsatiladi. Adabiyotlar ro‘yxati matni sahifa bo‘ylab tekislanadi (maydonlar asosiy matn bilan bir xil).
Barcha maqolalar taqrizdan o‘tkaziladi. Tashkiliy qo‘mita talablarga javob bermaydigan yoki 2026-yil 5-yanvardan kech topshirilgan ishlarni nashr etmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun ariza
| Muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi (to‘liq) | Latipov Davron G‘afurovich |
| Mamlakat, shahar, oliy ta’lim muassasasining to‘liq nomi, kafedra | Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri |
| Ilmiy daraja, ilmiy unvon, lavozim | Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri |
| Aloqa telefoni | Telefon: +998 (90) 513-00-00 |
| Elektron pochta (E-mail) | Elektron pochta: latipovdg@mail.ru |
| Tezis yoki ma’ruza nomi | Tut daraxti nastoykasining farmakologik xususiyatlari |
| Ishtirok etiladigan seksiya | 1 |
| Ishtirok etish shakli: – kunduzgi (og‘zaki ma’ruza va nashr) – sirtqi (faqat nashr) – posterli (elektron) | Kunduzgi (ma’ruza va ilmiy nashr) |