Buxoroda xalqaro talabalar forumi boshlandi
16.02.2026 2026-02-23 14:38Buxoroda xalqaro talabalar forumi boshlandi
✅ Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Morfologiya va jarrohlik” mavzusida talabalar va yosh olimlarning xalqaro forumi boshlandi.



🩺 Ochilish marosimida yurtimizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan nufuzli universitet jamoalari ishtirok etdi.
👨🏫 Tadbir doirasida bo‘lajak tibbiyot xodimlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida xalqaro olimpiada, sohadagi so‘nggi yutuqlar muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etiladi.


🖥 Shuningdek, xirurgiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va talabalar o‘zaro bilim va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lib, amaliyotda qo‘llanilayotgan innovatsion usullar, jarrohlikning ilmiy rivojlanish yo‘nalishlari va ilg‘or tadqiqotlar taqdim etiladi.