“Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’loni
23.02.2026 2026-02-23 14:44“Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’loni
Ijodkor, tashabbuskor va yangicha fikrlaydigan yoshlarni “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz!
📅 Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2026-yil 30-martga qadar
Tanlov doirasida eng sara va innovatsion g‘oyalar saralab olinadi hamda g‘oliblar quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🏆 1-o‘rin – 100 million so‘m
🥈 2-o‘rin – 50 million so‘m
🥉 3-o‘rin – 25 million so‘m
Agar sizda jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan, yangicha yondashuv va kreativ fikrga asoslangan loyiha bo‘lsa – ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📌 Tanlovda ishtirok eting va o‘z g‘oyangizni ro‘yobga chiqaring!