“Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalari
04.03.2026 2026-03-04 10:16“Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalari
“Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalari
TANLOV E’LONI
2025/2026-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida quyidagi fanlar bo‘yicha Respublika fan olimpiadalari o‘tkaziladi:
🔹Kimyo
🔹Biologiya
🔹Fizika
🔹 Informatika va axborot texnologiyalari
🗓 O‘tkazish muddati
- Institut bosqichi – 2026-yil 5-aprel
- Respublika bosqichi – 2026-yil 20-mayga qadar
👥 Ishtirokchilar
- Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi bosqich talabalari
- Har bir oliy ta’lim tashkilotidan fan bo‘yicha 3 nafargacha g‘olib talaba Respublika bosqichida ishtirok etadi
🏆 G‘oliblarni rag‘batlantirish
- I, II va III o‘rin sohiblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplomlari bilan taqdirlanadi;
- G‘olib talabalar magistraturaga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha belgilangan tartibda tavsiya etiladi;
- G‘oliblar va ularning murabbiylari moddiy rag‘batlantiriladi:
Olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan har bir talabaga va ulaming murabbiyiga
quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
🥇1-o‘rinni egallagan talabaga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari, ulaming murabbiylariga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari;
🥈2- o‘rinni egallagan talabaga — bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari, ulaming murabbiylariga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
🥉3- o‘rinni egallagan talabaga — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, ulaming murabbiylariga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari.
Mas’ul ijrochi:Radjabova Kamilla
Murojaat uchun:+998978681208 (Buxoro davlat tibbiyot instituti 2-qavat 211-xona)
🎯 Iqtidorli talabalarni Respublika fan olimpiadalarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!