Tadbir haqida
Tashkilotchilar

Xalqaro hamkorlar – Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya), S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog’iston), Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi (Qozog’iston), Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston), B. Yeltsin nomidagi Qirgʻiziston-Rossiya Slavyan universiteti (Qirg’iziston) va Piza universiteti(Italiya).
АXBOROT XАTI
Hurmatli yosh olimlar, tadqiqotchilar va talabalar!
Sizni “Farmatsiya vaa farmakologiyaning zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida oʼtkaziladigan
I – Xalqaro yosh olimlar va talabalar olimpiadasida
ishtirok etishga taklif etamiz.
Olimpiada farmatsiya va farmakologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, innovatsion gʼoyalarni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Olimpiadaning asosiy yoʼnalishlari:
1. Zamonaviy farmakologiyaning dolzarb muammolari;
2. Yangi dori vositalarini yaratish va klinikagacha tadqiqotlar;
3. Dorivor oʼsimliklar asosida dori vositalarini ishlab chiqish;
4. Biotexnologiya, nanofarmatsiya va innovatsion dori shakllari;
5. Farmatsevtik taʼlim va amaliyotda raqamli texnologiyalar
O`tkazish tili: o`zbek, rus, ingliz
Olimpiada gibrid (oflayn-onlayn) shaklida o`tkaziladi
O`tkazish vaqti: 2026- yil 19- 20 noyabr kunlari.
ISHTIROK ETISH QOIDALARI
Tibbiyot Oliy o`quv yurti talabalari o’qish sohasi va yiliga qarab olimpiadada ishtirok etishga taklif etiladi.
Olimpiadaning birinchi bosqichi(saralash bosqichi) talabalar o’rtasida har bir Oliy ta`lim muassasasi o`zidan tanlov qilib o’tkaziladi. Eng iqtidorli 3 tagacha ishtirokchi tanlab olinadi. Har bir ishtirokchi faqat bitta akademik yo’nalishni tanlashi mumkin.
Fan bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan Olimpiada ishtirokchilari va unga hamrohlik qiluvchi rahbarlar ro’yxati (1-ilovaga muvofiq) 2026-yil 1-noyabrgacha dilnavoz.yuldasheva@mail.ru; dilyafarma@mail.ru manziliga yuborilishi kerak.
2-bosqich – Buxoro davlat tibbiyot institutida oflayn-onlayn formatda olib boriladi.
Olimpiada quyidagi 4 ta konkursdan iborat boʼladi:
I bosqich OTM jamoasining salomlashuvi (videorolik)
Videorolikda jamoa oʼz oliy taʼlim muassasasi hamda shahri haqida taqdimot qiladi.
Reglament: 10 daqiqa. Maksimal ball- 10 ball
Farmakologiya va farmatsiya fanlari boʼyicha olimpiada bosqichlari
Farmakologiya va farmatsiya sohasi boʼyicha olimpiada ishtirokchilarning nazariy bilimlari, amaliy koʼnikmalari hamda kasbiy tayyorgarligini baholash maqsadida quyidagi bosqichlarda oʼtkaziladi.
I bosqich – Test sinovi
Mazkur bosqichda ishtirokchilarning farmatsiya va farmakologiya fanlari boʼyicha nazariy bilimlari test sinovi orqali baholanadi.
Test savollari dori vositalarining tasnifi, taʼsir mexanizmi, qoʼllanilishi, nojoʼya taʼsirlari va farmasiya yo`nalishlariga oid boʼladi.
1.Fan boʼyicha savol – javob — maksimal 25 ball;
II bosqich – Og‘zaki so‘rov
Og‘zaki so‘rov bosqichida ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi:
– klinik-vaziyatli masalani yechish; Vaziyatli masalani yechish (1 ta masala) — maksimal- 25 ball;
III bosqich – Amaliy ko‘nikmalarni baholash
Ushbu bosqichda ishtirokchilarning dori vositalarini tayyorlash, saqlash, tavsiya etish hamda xavfsiz qo‘llash bo‘yicha; farmatsiya yo‘nalishi fanlari laboratoriya mashg‘ulotlari, amaliy mahorati bo‘yicha baholanadi.Maksimal- 40 ball;
Yakuniy natijalar
Ishtirokchining barcha bosqichlarda to‘plagan balllari yig‘indisi asosida yakuniy natijalar aniqlanadi va g‘oliblar belgilanadi.
Olimpiada ishtirokchilari:
- Oliy taʼlim muassasalari talabalari (2-5-kurs)
Olimpiada shakli:
- Test savollari
- Nazariy topshiriqlar
- amaliy topshiriqlar
Ishtirok etish shartlari:
- Ishtirokchilar elektron ro‘yxatdan o‘tishlari shart
- Barcha materiallar belgilangan talablar asosida qabul qilinadi
Mukofotlash:
- 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi
- Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi
Tashkiliy qo‘mita raisi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot institut rektori Teshaev Shuhrat Jumaevich
Tashkiliy qo‘mita manzili: 200100, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro sh., G‘ijduvon ko‘chasi, 23-uy.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
Amonov Malik Mansurovich +998 50 752-13-18
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor
Niyozov Laziz Nurxonovich +998 93 623-76-23
Farmakologiya kafedrasi
Yuldosheva Dilnavoz Xasanovna aloqa telefon, telegram +998 91 413-84-66
Sizni ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZA
| Muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi (to’liq) | |
| Mamlakat, shahar, universitetning to’liq nomi, bo’lim | |
| Qatnashadigan yo`nalishi, kursi,fakul`tet | |
| Aloqa telefon raqami | |
| Ishtirok etish bo’limi | |
| Ishtirok etish shakli: Offline Online |