Korrupsiyasiz ta’lim – yorug‘ kelajak kafolati!
09.04.2026 2026-04-10 9:18Korrupsiyasiz ta’lim – yorug‘ kelajak kafolati!
🏛Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash yo‘nalishi 1-bosqich talaba-yoshlari ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim – yorug‘ kelajak kafolati” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.

💬Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uni oldini olishda yoshlarning o‘rni hamda ta’lim tizimida halollik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Talabalar o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

➡️ Shuningdek, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashni targ‘ib qilish maqsadida fleshmob tashkil etilib, unda halollik, adolat va poklik g‘oyalari keng yoritildi.
