Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Kemal Memishog‘luning Buxoroga tashrifi boshlandi
10.04.2026 2026-04-11 9:32Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Kemal Memishog‘luning Buxoroga tashrifi boshlandi
Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Kemal Memishog‘luning Buxoroga tashrifi boshlandi
📍 Bugun delegatsiya a’zolari Buxoro shahriga tashrif buyurdi. Mehmonlarni viloyat hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev kutib oldi.




🕌 Ayni paytda mehmonlar Bahouddin Naqshband ziyoratgohini ziyorat qilmoqda. Ular muqaddas maskan tarixi va ma’naviy ahamiyati bilan yaqindan tanishmoqda.



🏥 Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya a’zolari qator tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishmoqda.
🔹 Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida delegatsiya a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.