BuxDTI matbuot xizmati

Oʻzbekiston–Polsha: tibbiyot taʼlimida yangi bosqich sari muhim qadam

Oʻzbekiston–Polsha3

Oʻzbekiston–Polsha: tibbiyot taʼlimida yangi bosqich sari muhim qadam

Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan Xalqaro rektorlar forumi doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev va prorektor Laziz Niyazov Varshava davlat tibbiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.

➡️Mazkur kelishuv doirasida qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, magistratura va klinik ordinatura bosqichlarida akademik mobillikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muhim muzokaralar olib borildi.

✔️Shuningdek, tomonlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish hamda professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida tajriba almashinuvini faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishdi.

🔆Ushbu hamkorlik ikki davlat – Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasida tibbiyot taʼlimi sifatini oshirish, xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.