BuxDTI matbuot xizmati

“OCHIQ ESHIKLAR KUNI” VA “KARYERA KUNI – 2026” BO‘LIB O‘TDI

OCHIQ ESHIKLAR KUNI1

“OCHIQ ESHIKLAR KUNI” VA “KARYERA KUNI – 2026” BO‘LIB O‘TDI

Buxoro viloyatidagi davlat oliy ta’lim tashkilotlari hamkorligida 2026-yil 16-aprel kuni “Ochiq eshiklar kuni” va “Karyera kuni – 2026” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, abituriyentlar, bitiruvchi sinf o‘quvchilari, talabalar, bitiruvchilar, ish izlovchi yoshlar hamda turli tashkilot va muassasalardan ish beruvchilar faol ishtirok etdi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va bandlik masalalari bugungi kunning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. U o‘z nutqida oliy ta’lim muassasalari bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bitiruvchilarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash hamda zamonaviy kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar:
🔺 ta’lim yo‘nalishlari va zamonaviy mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishdilar;
🔺 2026/2027-o‘quv yili qabuli, kvotalar va ta’lim shakllari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar;
🔺 oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, infratuzilmani ko‘zdan kechirdilar;
🔺 professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda mas’ul xodimlar bilan ochiq muloqot qildilar;
🔺 ish beruvchi tashkilotlar bilan bevosita uchrashdilar;
🔺 bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari yuzasidan zarur ma’lumotlar oldilar.

Shuningdek, tadbirda oliy ta’lim muassasalari talabalari, jumladan, bitiruvchi talabalar ham faol qatnashib, o‘zlari uchun munosib ish o‘rinlarini tanlash imkoniga ega bo‘ldilar. Qolaversa, qo‘shni viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar ham ish beruvchilar bilan suhbatlar olib borib, kelgusidagi faoliyati uchun muhim yo‘nalishlarni belgilab oldilar.

Ushbu tadbir yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning bilim va tasavvurlarini kengaytirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.