Talaba yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
16.04.2026 2026-04-20 10:17Talaba yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Mazkur tadbirda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, JXX boshlig‘i Boltaev Jonibek Hamidovich hamda institut rektori Shuhrat Teshayev ishtirok etib, talaba yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.



Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, yot g‘oya va oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, huquqiy madaniyatni oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar qaytarilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.



Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash hamda sog‘lom fikrlaydigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega avlodni tarbiyalashga xizmat qildi.
