Buxoro davlat tibbiyot institutida korrupsiyaga qarshi seminar-trening o‘tkazildi
17.04.2026 2026-04-21 16:12Buxoro davlat tibbiyot institutida korrupsiyaga qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Buxoro davlat tibbiyot institutida korrupsiyaga qarshi seminar-trening o‘tkazildi
🙂Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, koordinatorlari hamda volontyor talabalar tashabbusi bilan institutda faoliyat yuritayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat” bo‘limi bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi.


➡️Bugungi kunda korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan global muammolardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. U nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki ijtimoiy adolat va jamiyatdagi ishonch muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ayniqsa talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.


🔆Mazkur seminar-treningning asosiy maqsadi — ishtirokchilarga korrupsiyaning mohiyati, uning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushuncha berish, shuningdek, unga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy va amaliy bilimlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.