BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Sport tadbirlari Talabalar hayoti

Talabalar ligasi – 2026”: Shaxmat bo‘yicha viloyat bosqichi yakunlandi

Talabalar ligasi1

Talabalar ligasi – 2026”: Shaxmat bo‘yicha viloyat bosqichi yakunlandi

📣Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida “TALABALAR LIGASI – 2026” sport musobaqasi doirasida Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida shaxmat sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda kechdi. Ishtirokchilar o‘zlarining intellektual salohiyati, strategik fikrlashi va mahoratini namoyon etdilar.

♟ Qizlar o‘rtasida:
Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiyot fakulteti 633-guruh talabasi Oblaeva Barchinoy faxrli 1-o‘rinni egallab, “Talabalar ligasi – 2026” Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

♟ Yigitlar o‘rtasida:
Tibbiyot fakulteti 217-guruh talabasi Naimov Begzod munosib ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladi.

🎉Ushbu natijalar institutimiz talabalari orasida sportga, ayniqsa shaxmatga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. G‘olib va sovrindorlarimizni samimiy tabriklab, kelgusi bosqichlarda ularga ulkan zafarlar tilaymiz!