Tadbir haqida
2026-yilning 1-may kuni soat 14:00 da Buxoro davlat tibbiyot instituti Kampusining kichik majlislar zalida Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
14:00.10 – Yuqumli kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Artikov Ikrom Axmedjanovichning “Virusli gepatit A ning zamonaviy jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Ilmiy rahbar:
tibbiyot fanlari doktori, dotsent Donoxon Baxadirovna Mirzajonova
Taqrizchilar:
- Bayjanov Allabergan Qadirovich – Virusologiya ilmiy tekshirish instituti katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari doktori, professor
- Tashpulotova Shahnoza Abdulxatovna – Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori
Zoom konferensiyasiga bog‘lanish:
https://zoom.us/j/91211392986?pwd=lnre45nNZGMLInxZK4Azg66Z5sFApl.1
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi
Ilmiy seminar raisi, DSc, professor M.R. Mirzoeva