Tibbiyot sohasi rektorlari TDTU Termiz filialida
23.04.2026 2026-04-24 17:08Tibbiyot sohasi rektorlari TDTU Termiz filialida
Termiz shahrida o‘tkazilayotgan sport haftaligi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Abdijalilovich Boymuradov, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Jumayevich Teshayev hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori Furqat Abdukarimovich Otamuradov hamrohligida oliygohga tashrif buyurishdi.


Tashrif davomida mehmonlar filial faoliyati bilan yaqindan tanishib, ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, talabalar tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli startap loyihalar taqdimoti katta qiziqish bilan o‘rganildi.
Uchrashuv jarayonida Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Jumayev tomonidan talabalar uchun akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari alohida ta’kidlanib, Termiz filiali talabalari Buxoroga o‘qish va tajriba almashish maqsadida taklif etildi.


Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan samimiy suhbat tashkil etildi.