Institutga xorijiy hamkorlar tashrif buyurdi
25.04.2026 2026-04-27 15:51Institutga xorijiy hamkorlar tashrif buyurdi
Yaponiyaning “Tokyo Boeki EURASIA” kompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari Yarkovich Dmitriy Ivanovich hamda kompaniya vakili Tinkov Vitaliy Aleksandrovich institutga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar tomonidan taqdimot o‘tkazilib, institutning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ilmiy tadqiqot ishlarini jahon darajasiga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi.



Jumladan, institut uchun zamonaviy elektron mikroskop xarid qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ushbu qurilma ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, xalqaro darajadagi tadqiqotlar olib borish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Tashrif yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
