Qogʻozdan vos kechish 100 foizga amalga oshirildi
02.05.2026 2026-05-02 13:11Qogʻozdan vos kechish 100 foizga amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PF-16 son Farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qog‘ozdan foydalanishga qatiy meʼyorlar o‘rnatish va uning aylanmasini tubdan kamaytirish choralarini ko‘rish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 18 martdagi 109-sonli «Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida qog‘ozsiz ish yuritishga bosqichma-bosqich o‘tish, qog‘oz sarfini qisqartirish hamda elektron hujjat aylanishini keng joriy etish bo‘yicha qaror talablariga binoan quyidagilarni amalga oshirishingiz lozim:
1. 2026 yil 1 mayga qadar:
- qog‘ozsiz ish yuritishga o‘tish uchun barcha ichki xizmat hujjatlarini, xuddi shunday arxivga topshiriladigan materiallarni elektron shaklga o‘tkazish;
- printerlardan ikki tomonlama chop etish tartibini joriy qilish orqali foydalanish;
- qayta ishlangan qog‘oz mahsulotlaridan foydalanishni taʼminlashni nazarda tutuvchi “yo‘l xarita”larini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
2. 2026 yil 1 iyunga qadar:
- qog‘oz, siyoh va ofis texnikasi xaridini har yili, 2030 yilgacha, qaror ilovasiga asosan 15 foizga qisqartirib borish;
- printerlardan markazlashgan holda foydalanish tizimini joriy etish (har 20 nafar xodimga 1 ta printer);
- har oyda “Qog‘ozsiz bir kun” tadbirini o‘tkazish;
- arxiv saqlanayotgan hujjatlarni bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tqazib, raqamlashtirish tizimlarini yo‘lga qo‘yish;
- ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish va ularni qayta ishlash uchun tegishli korxonalarga yetkazish tizimini tashkil etish;
- har bir bo‘linma kesimida qog‘oz sarfini kamaytirish maqsadida cheklovlar joriy qilsin.
3. Qog‘ozsiz ish yuritish xodimlar faoliyatini eng muhim samaradorlik
- ko‘rsatkichiga kiritilsin. Bunda, elektron hujjat aylanishi ulushi (jami hujjatlarga nisbatan);
- ikki tomonlama chop etish ulushi;
- har bir xodim kesimida o‘rtacha qog‘oz sarfi asosiy ko‘rsatkich sifatida olinsin.
Mazkur ko‘rsatma xat ijrosi nazorati Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor O.S.Sharipov zimmasiga yuklatilsin.