E'lonlar

Sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Salomatlik marafoni

Sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

2026-yil 15-may kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Jumayevich Teshayevning аholi uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan ijtimoiy masalalar, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, taklif va fikr-mulohazalari bilan murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, “Salomatlik marafoni” doirasida ertalab soat 09:00 dan boshlab aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar ham tashkil etiladi.

Hurmatli fuqarolar! Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, sog‘lig‘ingizni tekshirtirish hamda mavjud muammolar yuzasidan murojaat qilish uchun tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

⏰ Tibbiy ko‘riklar boshlanish vaqti: 09:00
⏰ Sayyor qabul boshlanish vaqti: 10:00

📍 Manzil: Buxoro tuman Yangibod mahallasi, Buxoro tuman 4-son OP binosi