BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Sport tadbirlari Talabalar hayoti

Buxoro davlat tibbiyot institutida sog‘lom turmush targ‘iboti: TTJlarda ertalabki badantarbiya tadbirlari o‘tkazildi

sog‘lom turmush targ‘iboti1

Buxoro davlat tibbiyot institutida sog‘lom turmush targ‘iboti: TTJlarda ertalabki badantarbiya tadbirlari o‘tkazildi

📣Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida barcha talabalar turar joylarida ertalabki sport tadbirlari tashkil etildi.

📝Murabbiylari boshchiligida o‘tkazilgan ushbu badantarbiya mashg‘ulotlari talabalarning jismoniy faolligini oshirish, kunni tetiklik va yuqori kayfiyatda boshlashlariga xizmat qildi. Mashg‘ulotlar davomida turli xil jismoniy mashqlar, yengil yugurish va umumiy chiniqtiruvchi harakatlar bajarildi.