Bugun taniqli olim, jurnalist, professor va diplomat Beruniy Alimov hamda “Mening yurtim” telekanali muxbiri, jurnalist Yulduzxon Olimova institutimiz mehmoni bo‘lishdi.
14.05.2026 2026-05-15 10:48Bugun taniqli olim, jurnalist, professor va diplomat Beruniy Alimov hamda “Mening yurtim” telekanali muxbiri, jurnalist Yulduzxon Olimova institutimiz mehmoni bo‘lishdi.
Bugun taniqli olim, jurnalist, professor va diplomat Beruniy Alimov hamda “Mening yurtim” telekanali muxbiri, jurnalist Yulduzxon Olimova institutimiz mehmoni bo‘lishdi.
Mehmonlar bilan samimiy uchrashuv tashkil etilib, institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirdik.
Jurnalistlar ishtirokida institut bo‘ylab qisqa ekskursiya o‘tkazildi. Ekskursiya davomida mehmonlar xalq tabobati laboratoriyasi faoliyati, dorivor o‘simliklar yetishtirilayotgan tajriba maydonlari hamda zamonaviy Axborot-resurs markazi bilan yaqindan tanishdilar.



Ayniqsa, xalq tabobati yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, shifobaxsh o‘simliklarni parvarishlash va ularning tibbiyotdagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, institutimizdagi ilmiy muhit, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va boy kitob fondiga ega Axborot-resurs markazi ijodkorlarda iliq taassurot qoldirdi.



Bunday uchrashuvlar ilm-fan, tibbiyot va media sohasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, institutimiz faoliyatini keng jamoatchilikka yanada yaqinroq tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehmonlarimizning samimiy fikrlari va e’tiroflari bizni yanada ruhlantirdi. Albatta, bundan juda xursandmiz va kelgusida ham ana shunday ijodiy hamkorliklar davom etishiga ishonamiz.


