BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.

xorijiy talabalar15

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.

Unda institut rahbariyati, xalqaro bo‘lim hamda xalqaro dekanat vakillari, shuningdek, Misr, Jazoir, Tunis, Marokash kabi davlatlardan kelgan talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Bugungi kunda institutda dunyoning 30 ta davlatidan 2400 nafardan ortiq xorijiy talabalar tahsil olmoqda. Shundan 300 nafardan ortig‘ini arab davlatlaridan kelgan talabalar tashkil etadi. Bu esa institutning xalqaro maydondagi nufuzi hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan qulay ta’lim muhiti amaliy ifodasi ekanini ko‘rsatadi.

Uchrashuv davomida talabalarga institutda yaratilgan ta’lim va yashash sharoitlari, ichki tartib-qoidalar, talabalar huquq va majburiyatlari, shuningdek, bakalavriatdan keyingi ta’lim imkoniyatlari — magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot jarayonida talabalar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda institut rahbariyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida o‘qish jarayonidagi faolligi, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi ishtiroki bilan ajralib turgan talabalar hamda ularning ota-onalari institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, “International Education Platform” kompaniyasi direktori tomonidan faol talabalarga bir martalik stipendiyalar topshirildi.

Mazkur uchrashuv xorijiy talabalar bilan o‘zaro muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda institutdagi xalqaro ta’lim muhitini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.