E'lonlar

2026-yil 6-iyun kuni aholi uchun sayyor qabul va “Salomatlik marafoni” tadbiri bo‘lib o‘tadi

sayyor qabuli

2026-yil 6-iyun kuni aholi uchun sayyor qabul va “Salomatlik marafoni” tadbiri bo‘lib o‘tadi

2026-yil 6-iyun kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Jumayevich Teshayevning aholi uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan ijtimoiy masalalar, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, taklif va murojaatlari yuzasidan bevosita murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, “Salomatlik marafoni” doirasida ertalab soat 08:00 dan boshlab aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi.
🕗 Tibbiy ko‘riklar boshlanish vaqti: 09:00
🕚 Sayyor qabul boshlanish vaqti: 11:00
📍 Manzil: Peshku tumani, Peshku MFY,
34-son oilaviy poliklinika.

Hurmatli fuqarolar! Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, sog‘lig‘ingizni tekshirtirish hamda mavjud muammolar yuzasidan murojaat qilish uchun tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.