Zamonaviy oftalmologiyada innovatsion yondashuvlar mavzusida sayyor o‘quv-seminar o‘tkazildi
06.06.2026 2026-06-09 9:53Zamonaviy oftalmologiyada innovatsion yondashuvlar mavzusida sayyor o‘quv-seminar o‘tkazildi
Zamonaviy oftalmologiyada innovatsion yondashuvlar mavzusida sayyor o‘quv-seminar o‘tkazildi
Buxoro davlat tibbiyot institutida Buxoro va Navoiy viloyatlarining soha mutaxassislari ishtirokida “Zamonaviy oftalmologiyada innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi sayyor o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli ko‘rsatma xati asosida tashkil etilgan tadbirda oftalmologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion davolash usullari hamda amaliyotga joriy etilayotgan ilg‘or texnologiyalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.





Seminarning ochilish marosimida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev hamda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xushnud Jalilov so‘zga chiqdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida bo‘lgani kabi oftalmologiya sohasida ham innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng tatbiq etish, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunday o‘quv-seminarlar hududlarda faoliyat yuritayotgan shifokorlarning malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.



Seminar davomida Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan zamonaviy diagnostika va davolash usullari, murakkab klinik holatlarda qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi hamda o‘zaro tajriba almashdi.

