Peshku tumanida tibbiy ko‘rik va sayyor qabul o‘tkazildi
06.06.2026 2026-06-09 11:05Peshku tumanida tibbiy ko‘rik va sayyor qabul o‘tkazildi
6-iyun kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Jumayevich Teshayevning Peshku tumani aholisi uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Peshku tumani hokimi Hayot Davlatov hamda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Elbek Shernazarov ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida 50 nafardan ortiq fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalar, sog‘liqni saqlash, davolanish va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari bilan qatnashdi.



Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa nazoratga olindi.
Qabul jarayonida davolanishga muhtoj bo‘lgan bir qator fuqarolarga imtiyozli orderlar taqdim etildi. Ularning Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida malakali mutaxassislar tomonidan davolanishi belgilandi.



Shuningdek, tadbir doirasida ertalab soat 08:00 dan boshlab aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Malakali shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘riklarda fuqarolar salomatligi tekshirilib, ularga zarur tavsiya va yo‘llanmalar berildi.
Mazkur sayyor qabul va tibbiy ko‘rik aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qildi.


