“OLTIN KUZ” — TALABALAR QALBIDA KO‘TARINKI KAYFIYAT!
22.09.2026 2026-09-22 16:55“OLTIN KUZ” — TALABALAR QALBIDA KO‘TARINKI KAYFIYAT!
Buxoro davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun munosib sharoit yaratish maqsadida “Oltin kuz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Z.Baxranova ochib berib, talabalarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Prorektor o‘z nutqida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish muhimligini ta’kidladi.


Tadbir davomida kuz faslining go‘zalligi va betakror tarovati namoyish etilib, talaba qizlar tomonidan ijro etilgan chiroyli raqslar hamda 2-son Akusher-ginekologiya va Gigiyena kafedralar tomonidan tashkil etilgan shirinliklar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir talabalar uchun maroqli hordiq hamda unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
Tadbirdan yorqin lahzalar — suratlarda!
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati