Vatan taraqqiyotiga mening hissam!
22.09.2026 2026-09-22 20:07Vatan taraqqiyotiga mening hissam!
“O‘zbekiston yoshlar nigohida” mavzusida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkazildi! Bugun, 22-sentyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida yoshlarning Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati, ijodiy salohiyati va yurt kelajagiga bo‘lgan qarashlarini namoyon etishga qaratilgan tanlov tashkil etildi. Rasmlar tanlovida ishtirokchilar O‘zbekistonning buguni va kelajagini o‘z ijodiy nigohlarida aks ettirdilar. Insholar tanlovida esa yoshlar “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” g‘oyasi asosida o‘z fikr va ezgu niyatlarini bayon etdilar. Tanlov yoshlarning ijodkorligi, vatanparvarligi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Yurt kelajagi — yoshlar nigohida!





Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati.