BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

TYUTOR VA MURABBIY — TALABANING ENG YAQIN KO‘MAKCHISI

photo_2026-09-23_11-20-54 (2)

TYUTOR VA MURABBIY — TALABANING ENG YAQIN KO‘MAKCHISI

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida murabbiy va tyutorlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda institut rektori Shuhrat Teshayev, yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor Zubayda Bahranova hamda rektor maslahatchisi M. Mahmudov ishtirok etib, murabbiy va tyutorlarga amaliy tavsiyalar berdilar.
Tadbir davomida muammoli, davomati past va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni aniqlash, ular bilan individual ishlash, har bir talabaning oilaviy sharoiti va muammolaridan xabardor bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalarning ruhiy holatini o‘rganish, depressiya va tajovuzkorlikning oldini olishga qaratilgan psixologik treninglarni tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijara xonadonlarida talabalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Mahalla faollari hamda institutga biriktirilgan profilaktika inspektorlari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Seminar yakunida murabbiylar o‘z faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashdilar.

Zero, murabbiy va tyutorning e’tibori — talabaning kelajagiga berilgan e’tibordir.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati