KORRUPSIYASIZ TA’LIM — YORUG‘ KELAJAK KAFOLATI!
17.09.2026 2026-09-24 16:14KORRUPSIYASIZ TA’LIM — YORUG‘ KELAJAK KAFOLATI!
Buxoro davlat tibbiyot institutida Davolash yo‘nalishi 1-kurs talaba-yoshlari ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim — yorug‘ kelajak kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔆 Tadbir davomida korrupsiyaning ta’lim tizimi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olishning samarali mexanizmlari hamda yoshlarning korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Suhbat jarayonida:



➡️ korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
➡️ ta’lim jarayonida shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash;
➡️ halollik, vijdonlilik va mas’uliyat kabi insoniy qadriyatlarni mustahkamlash;
➡️ korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning faolligi va fuqarolik pozitsiyasi;
➡️ korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va bunday holatlarga befarq bo‘lmaslik masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
🔆 Tadbir doirasida talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi dunyoqarashini yanada mustahkamlash maqsadida fleshmob ham tashkil etildi. Fleshmob davomida yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib qiluvchi g‘oyalarni namoyish etdilar. Korrupsiyasiz ta’lim — bilim va mehnat qadrlanadigan, adolat va shaffoflik ustuvor bo‘lgan muhit demakdir.
✨ Halollik — kelajak sari eng to‘g‘ri yo‘l!

